AsosiyJamiyat

Maktab omborining yonib ketishiga nima sabab bo`lgan edi?

'Maktab omborining yonib ketishiga nima sabab bo`lgan edi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yanvar kuni tonggi soat 7-55 larda  Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 3-maktabda  yong`in chiqqanligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. 

Tuman xalq ta`limi bo`limi ushbu yong`inni sabablariga  oydinlik kiritdi. 

Karmana tumani xalq ta`limi bo`limi ishchi guruhi mazkur holatni o`rgandi. Elektr tokining qisqa tutashuvi natijasida yuzaga kelgan yong`in tufayli maktabning 4-blok, 1-qavatida joylashgan 6 kv metrga teng bo`lgan omborxona zarar ko`rgan.

Ishchi guruh yong`in maktabning o`quv blokiga ta`sir ko`rsatmaganligini aniqlagan.

Mazkur holat o`quvchilarning dars jarayoniga ta`sir etmagan. Darslarga halal bermagan holda yong`indan zarar ko`rgan omborxona ta`mirlandi.

    Boshqa yangiliklar