Kecha, 12 fevral kuni Londonda bo`lib o`tgan Sotheby’s kimoshdi savdosida “Barselona” yulduzi Lionel Messining ikkita surati sotuvga qo`yildi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
Yaponiyalik rassom Takasi Murakami ijodiga mansub surat 429 ming, britaniyalik Demen Xerstning surati esa 494 ming evroga sotildi. Avval xabar berilganidek, kartinalar sotuvidan tushgan mablag` hayriya sifatida Bangladesh, Indoneziya va Nepalda ta`lim yo`nalishini rivojlantirishga yo`naltiriladi.





