“Darakchi” gazetasi doim xalq ichida va aholining muammolarini eshitishdan hech qachon charchamaydi! Endilikda siz azizlar uchun yanada qulay “Darakchi-chat” loyihasini yo`lga qo`yilyapti. Unda siz o`zingizni qiynagan muammolar haqida bemalol bizga aytishingiz mumkin. Ma`lum qilingan vaziyat boricha gazeta sahifalaridan o`rin egallaydi. Asosiysi mutasaddi tashkilotlarning javoblarini uzoq kutib o`tirishingiz ham shart emas. Tashkilot vakillarining o`zlari gazetada sizning muammoingizni ko`rib, javob qaytarishlari imkoni yuqori, shubhasiz.
Qanday qilib deysizmi?
Muammolaringizni ijtimoiy tarmoqdagi izohlarda, (+998 90) 914-19-15 raqamlariga ko`ng`iroq qilishi oraqali yoki raqamning telegram tarmog`iga yozib qoldirishingiz mumkin.
Murojaatlar o`z egasiga etib borishidan va o`z echimini topishidan umidvormiz.






