MIB Toshkent viloyati boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan tabiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan issiqxonalarni aniqlash bo`yicha tezkor tadbirlar o`tkazmoqda.
Joriy yilning 12-14 yanvar kunlari o`tkazilgan tungi reydda viloyatning Yangiyo`l, Toshkent, Zangiota, Qibray tumanlarida tunda gazdan o`g`rincha foydalanayotgan 20 ta issiqxona aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB ma`lum qildi.
Jumladan, fuqaro Sh.Umarovga tegishli Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek QFY, Ilg`or MFY hududida joylashgan 7,5 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, gul ko`chatlari, fuqaro D.Raxmonovga tegishli, Qibray tumani, Yonariq QFY, Yangihayot MFY, Terakzor ko`chasida joylashgan 6 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, gul va pomidor ko`chatlari, fuqaro J.Xakimovga tegishli Yangiyo`l tumani, Niyozbosh QFY, Na`muna MFY, Tez ariq ko`chasida joylashgan 4 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, piyoz ekinligi, fuqaro T.Inoyatovga tegishli Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Xasanboy MFY, X.Karimov ko`chasida joylashgan 6 sotix qo`rg`onda noqonuniy ravishda gaz tarmog`iga ulanib olib, gul ko`chatlari etishtirib kelinayotganligi aniqlandi.
Mazkur xolatlar yuzasidan huquqbuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirib, hozirda etkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.






