Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan nomzodlarni saylash bo`yicha yashirin ovoz berish jarayoni amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining rasmiy sahifasida xabar berilmoqda.
Ta`kidlanishicha, Maslahat kengashi o`z vakolatiga muvofiq, fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li deputatlar orasidan Senat a`zoligiga nomzodlar ko`rsatilgan.
Ular orasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev, "Nuroniy" jamg`armasining Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalonov, O`z FA Tarix instituti direktori Azamat Ziyo, 25-Sebzor saylov okrugidan deputat Tanzila Norboeva, O`zFA O`simlik moddalari kimyosi instituti direktori Shamansur Sagdullaev hamda “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova nomzodlari bor.
Majlisda ko`rsatilgan nomzodlarning har biri haqida alohida fikr bildirildi hamda muhokama natijalariga ko`ra ularni saylov byulleteniga kiritish to`g`risida qaror qabul qilingan.
Nomzodlar tasdiqlangach, Sanoq komissiyasi Senat a`zoligiga saylov o`tkazish tartibi bo`yicha tushuntirish berilgan hamda ovoz beruvchilarning ro`yxatini aniqlashtirib, ularga saylov byulletenlari tarqatilgan. So`ng xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan nomzodlarni saylash bo`yicha yashirin ovoz berish jarayoni amalga oshirilgan.






