Kecha 16 yanvar kuni “Oliy ta`lim muassasalarining bosqichma-bosqich o`zini o`zi moliyalashtirishga o`tish istiqbollari” mavzusida soha mutasaddilari va OAV vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov ham ishtirok etdi.
"Yurtimizda yuristlarni tayyorlash bo`yicha oliy ta`lim muassasasining faqat Toshkent shahrida mavjudligi qanchalik to`g`ri? Bu viloyatlardagi talabgorlar uchun noqulaylik tug`dirmaydimi?" degan savolga Rahim Hakimov quyidagicha javob berdi:
-Bu juda o`rinli savol. Sababi hozirgi kunda mamlkatimizda 100 000 fuqaroga 12 nafar advokat to`g`ri keladi. Evropa davlatlarida bu ko`rsatkich 162 advokat/100 000 kishi. Ko`rinib turibdiki, o`rtadagi farq 10 baravardan ziyod. Bu esa yurtimizda yuristlarga bo`lgan talabning qanchalik yuqori ekanligidan dalolat beradi. Biz yuristpurident kadrlarning ko`payishidan manfaatdormiz va tez orada ba`zi viloyatlarda yuristlar tayyorlovchi OTMlar tashkil etilishiga erishamiz.
Eslatib o`tamiz, biroz avval 1 yanvardan boshlab 10 ta oliy ta`lim muassasasi o`zini o`zi moliyalashtirilishi va "Davlat granti asosida talabalar qabuli bekor qilinadimi?" kabi savollarga mutasaddilarning munosabati haqida xabar bergan edik.






