Bugun 15- yanvar kuni bu erda 50 ta maktabgacha ta`lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tishi haqida xabar berilmoqda.
Ulardan 16 tasi davlat, 34 tasi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlaridir. Ushbu MTTlar ochilishi bilan 3-7 yoshdagi 2905 nafar bola maktabgacha ta`lim bilan qamrab olinadi shuningdek, 170 nafar fuqaro doimiy ish o`rniga ega bo`ladi.
2020 yilda viloyatda 455 ta MTTlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu MTTlarining ishga tushishi hozirgi 110532 nafar qamrovni 138759 taga, ya`ni 38.7 foizdan 47.6 foizga oshiradi.
Ushbu MTTlarda 1100 ta bo`sh ish o`rinlari yaratiladi.






