Bugun, 12 fevral kuni The Telegraph nashri antiqa bir ma`lumotni omma e`tiboriga havola etdi. Nashrning yozishicha, Avstraliyaning eng keksa fuqarosi bo`lmish, 109 yoshli Alfred Deyt o`tgan bir yillik vaqtini pingvinlarga sviter to`qish bilan o`tkazgan, deya xabar beradi lifenews.ru nashri.
Ayni vaqtda ham u ana shu ish bilan mashg`ul. Deyt bu sviterlarni Filipp orolidagi pingvinlarga ko`mak berish jamg`armasi uchun to`qiyotgani haqida aytgan.
Deytning so`zlariga ko`ra, u o`tgan yilning mart oyida Yangi Uels markaziy sohil bo`yida joylashgan qariyalar uyiga kelganida u erda ishlovchi hamshiralardan o`zining sevimli mashg`uloti bo`lmish to`qishni bilishini aytganida, hamshiralar unga jamg`armaning iltimosiga ko`ra pingvinlarga sviter to`qib berishni taklif qilishgan.
80 yil oldin to`qishni o`rgangan qariya bu ishga jiddiy bel bog`ladi. U ko`rsatayotgan natijalar jamg`arma vakillarini hayratlantirmoqda.
Jamg`armada pingvinlar uchun sviterlar modaga amal qilish emas, balki zaruriyat yuzasidan to`qilayotganini ma`lum qilishdi: shu tariqa ularni dengizga neft to`kilishi oqibatlaridan saqlash mumkin. Agar bu ro`y bersa, neft bilan qoplangan pingvinlar sovuq eyishni boshlaydilar hamda ov qila olmaydilar. 2001 yilda neft to`kilishi oqibatida orolda yashovchi 438 ta pingvin halok bo`lgan, biroq sviterlar yordamida 96 foiz pingvinni saqlab qolishga muvaffaq bo`lingan.





