Joriy yil 14 yanvar kuni soat 16:00 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani 3-Beruniy dahasidagi besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan videoxabar yuzasidan avval ma`lumot bergan edik.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylangan ushbu jarayonda bola uyda yolg`iz qolganligi sababli o`ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin u aholi tomonidan pastda adyol tutib ushlab qolingan.
Bugun Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar majmuasida malakali shifokorlar tomonidan beshinchi qavatdan tushib ketgan bolani takroriy tibbiy tekshiruvdan o`tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko`ra, bola og`ir jarohat olmaganligi va ahvoli yaxshi ekani yana bir bor tasdiqlandi.
Eslatib o`tamiz, ushbu voqea yuzasidan 14 yanvar kuni soat 16:18 da chaqiruv bo`lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi 7 daqiqada etib borgan. Birinchi yordam voqea joyida ko`rsatilib, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan hamda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo`llanilgan edi, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.
Bolaning onasi uning uyda yolg`iz qolgani yuzasidan izoh berdi.






