Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Buxoro” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijiy mamlakatdan yurtimizdagi korxonalarning biriga yuk mashinasida yuborilgan taxtalar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruv natijasida, hujjatlarda taxtalar ko`rsatilgan bo`lsada, yuk mashinasida tayyor eshiklar borligi aniqlandi.
Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 33 million so`mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






