Shu yilning 9 yanvar kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tug`ilgan X. M. ichki ishlar bo`limiga ariza bilan murojaat qilib, bir kun avval uning yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming AQSh dollarini noma`lum shaxs tomonidan o`g`irlab ketilganligini ma`lum qilgan.
Olib borilgan tezkor sa`y-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda, deya xabar qilgan Postda nashri






