Bugun Gurlan tumanida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati” shiori ostida harbiy parad o`tkazildi. Unda 4000 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda harbiy texnikalar, otliq va piyoda askarlar, harbiy orkestr jamoasi Mustaqillik ko`chasi bo`ylab saf tortib, tantanali yurish qildilar.
Shuningdek, jangovar texnikalar paradidan so`ng, harbiylar va sportchi yoshlarning ko`rgazmali chiqishlari va iste`dodli yoshlar, tuman madaniyat bo`limi hamda harbiy orkestr xonandalari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo`shiqlar tomoshabinlar e`tiboriga havola etildi.






