AsosiyJamiyat

“Aqlli” hisoblagichlar elektr energiyasining kichik sarfini ham payqaydi

'“Aqlli”  hisoblagichlar elektr energiyasining kichik sarfini ham payqaydi'ning rasmi

"Xolis fikr" kanalida e`lon qilingan «Aqlli» hisoblagichlar ayyor o`g`ri ekan» sarlavhali postga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o`z munosabatini bildirdi.  

“Mazkur hisoblagichlar o`rnatilgan xonadonlar ko`rikdan o`tkazilganda, avvaldan elektr energiyasi “o`g`rincha” o`tkazilgan hamda hisoblagichlarga qo`ni-qo`shnilarga tegishli tarmoqlar ulangan holatlar ham ko`p kuzatilgani, bu esa o`z navbatida, ayrim iste`molchilarning hisoblagichlari ko`p hisoblayotgani holatlari uchrashiga sabab bo`lganini aytib o`tmoqchiman, – deydi Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish Direksiyasi direktori Davrbek Imomov. – Avvalgi induksion va ayrim elektron hisoblagichlarda bunday holatlarni aniqlash imkoni yo`q edi. Iste`molchilarning e`tiborini yana bir jihatga, xususan, “aqlli"  hisoblagichlar xonadonda elektr energiyasining kichik sarfini ham payqash xususiyatiga ega ekanligi, ya`ni elektr jihozlarini tarmoqdan ajratmasdan “kutish” fuksiyasida qoldirish ham iste`molchilarga ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga qaratmoqchiman. Hisoblagichga qo`ni-qo`shnilar ulangan holatlarga duch kelsangiz, hisoblagich tamg`asini uzish talab etilmasligi sababli shirkatlarga murojaat qilish, elektr shitlardagi elektr ulanish zanjiridagi  “nol” simlarni to`g`ri ulash kifoyadir”, deyiladi javobda.

    Boshqa yangiliklar