AsosiyJamiyat

Ertaga Samarqandning ayrim joylarida transport harakati vaqtincha to`xtatiladi

'Ertaga Samarqandning ayrim joylarida transport harakati vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Ertaga, 14 yanvar kuni Samarqand shahrida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar o`tkaziladi.

Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov farmoyish qabul qildi. Unga ko`ra, quyidagi ko`chalarda soat 07:00 dan 14:00 ga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatiladi:   

- Registon ko`chasining Registon maydonidan Amir Temur haykalining oldidagi maydongacha bo`lgan qismida;

- Amir Temur haykalining oldidagi maydondan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko`chasida va Ko`ksaroy maydonida;

- Mirzo Ulug`bek ko`chasining Bo`stonsaroy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ko`ksaroy maydonigacha bo`lgan qismida;

- Bo`stonsaroy ko`chasining Amir Temur ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur haykalining oldidagi maydongacha bo`lgan qismida;

- Universitet hiyoboni ko`chasining Orzu Mahmudov ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan, Amir Temur haykalining oldidagi maydongacha bo`lgan qismida, deya xabar berdi Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar