AsosiyJamiyat

Nukusda operaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

'Nukusda operaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi'ning rasmi

Opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to`g`risida Vazirlar Mahkamasi qarori muhokama uchun qo`yildi. 

Unga ko`ra, Nukus shahrida opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi.

Maktab-internat O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasi hisoblanadi va 2021/2022 o`quv yilida maktab-internatning 8 va 9-sinflariga, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab esa — 8-sinfiga 25 nafardan o`quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.

Shunga ko`ra, 2021 yil 1 avgustga qadar maktab-internatining bino va inshootlarini foydalanishga topshirilishi belgilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar