AsosiyJamiyat

“Paxtaobod paxta tozalash” AJ dagi kirdikorlar fosh etildi

'“Paxtaobod paxta tozalash” AJ dagi kirdikorlar fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Paxtaobod paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari va boshqalar o`zaro til biriktirib, noqonuniy harakatlar qilganliklari aniqlandi, deyiladi Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan xabarda. 

Ular 2019 yil paxta hosilini qabul qilishda, 15 ta holatda fermer xo`jaliklari tomonidan paxta xom ashyosini maskanga topshirilganligi to`g`risida soxta ma`lumotlar tuzishib, 90,5 mln. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilinganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Paxtaobod paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar