AsosiyJamiyat

YPX inspektori qoidabuzarlik qilishga haqli (mi)?

'YPX inspektori qoidabuzarlik qilishga haqli (mi)?'ning rasmi

2020 yil 12 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqning “Avtobloger uz” saytiga YHXBga tegishli “LASETTI" rusumli 70 848 VSF davlat raqam belgili avtomashinasi temir yo`l kesishmasida qarama-qarshi turganligi holati aks etgan fotosurati joylashtirilgan. Unga aksariyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari "Uyat! hammaga o`rnak bo`lishning o`rniga..." kabi salbiy izohlar qoldirishgan. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yil 12 yanvar kuni viloyat IIB YHXB YPXB 3-YPX otryadi komandiri tomonidan tasdiqlangan xizmat taqsimotiga asosan “Qarshi-Shahrisabz” yo`lining 0 km.dan 19 km.gacha bo`lgan masofasida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, yo`l-transport hodisalarini oldini olish hamda qoidabuzar haydovchilarni aniqlash maqsadida shahar aylanma yo`lidan YPX inspektori serjant S.Nosirov xizmat joyiga ketayotganda, ertalab soat 08:20larda yo`l ustida “Qarshi-Nishon” yo`lining 1 km.da ya`ni, aeroportga kirish joyidagi temir yo`l kesishmasi yopilib qolganini va ikki nafar “Damas” avtomashinasi haydovchilari o`zaro temir yo`l kesishmasi oldida baqir-chaqir qilib fuqarolarning tinchini buzayotganligi uchun avtomashinani to`xtatib, ularning oldiga borgan. Shu vaqtda unga xizmat yuzasidan biriktirilgan “Lasetti” rusumli  70 848 VSF davlat raqam belgili avtomashina temir yo`l kesishmasi oldida qarama-qarshi holatda noto`g`ri to`xtatib qoldirilgan. Ushbu holat bo`yicha 2020 yil 12 yanvar kuni YPX inspektori serjant S.Nosirovga nisbatan UZ-19-seriyali 70-223522-raqamli ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o`tkazilmoqda. Yuqoridagi kabi YPX inspektorlarining majburiy yoki ixtiyoriy qoidabuzarligiga guvoh bo`lgan OAV vakillaridan fuqarolik burchini unutmagan holda jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash maqsadida, avval holat bo`yicha Qashqadaryo viloyati IIB yoki boshqarma YHXB hamda Axborot xizmatida o`rnatilgan “Ishonch telefoni”ga xabar berilsa, maqsadga muvofiq bo`lardi.

Hamkorlik uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.

    Boshqa yangiliklar