Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o`zgarishi, qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi, avtomobil yo`llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo`l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Shuni inobatga olgan holda IIV yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida ayniqsa dovon yo`llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo`lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlarini, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so`raydi.






