"Hududgazta`minot"AJ matbuot xizmatining xabariga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda shu kunlarda OAVda Samarqand viloyatida gaz ta`minoti tizimida xuquqbuzarliklar haqida ma`lumot tarqarqalgan.
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tarqatilgan press-relizga asoslanib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilyotgan ma`lumotlarga ko`ra, "Hududgaz Samarqand" MChJning mansabdor shaxslari yanvar-oktyabr oylarida 363 milliard 155 million 500 ming so`mlik noreal debitorlik qarzlarini shakllantirish hamda davlat manfaatlariga zarar etkazishda ishtirok etganliklari haqida ma`lumot berilgan.
Shu munosabat bilan "Hududgazta`minot" AJ quyidagilarni ma`lum qilmoqda.
"Hududgaz Samarqand" MChJ 2019 yil 5 sentyabr kuni tashkil etilgan bo`lib, asosiy vazifasi gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli jihozlardan foydalanish hisoblanadi.
E`lon qilingan ma`lumotda, 2019 yil yanvar oyidan oktyabr oyigacha bo`lgan davr haqida so`z boradi, bu esa o`z-o`zidan "Hududgaz Samarqand" MChJ faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan ma`lumotlarning tarqatilganini yana bir bor tasdiqlaydi. Ta`kidlash joizki, tabiiy gazni barcha iste`molchilarga sotish “O`ztransgaz” AJ gaz ta`minoti hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan "Hududgazta`minot" AJ, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur masalaga aniqlik kiritishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.






