Kuni kecha xitoylik aktrisaga “menga turmushga chiq” deb qilgan murojaatga u “ha” deb javob berdi.
“Uchar qilichlar makoni” filmidagi rolidan so`ng yana ko`plab o`ziga xos rollarni yaratgan Chjan Szii o`z sevgan insoni, qo`shiqchi Vang Fengga turmushga chiqmoqda.
Aktrisaning 36 yoshini nishonlash uchun tug`ilgan kunga yig`ilgan mehmonlar orasida u Chjan Sziining oldida tiz cho`kib undan turmushga chiqishni so`raydi. Eng qizig`i, izhordan so`ng bir necha soniya o`tgach, ichiga nikoh uzugi solingan antiqa qutichani smartfon uyali aloqa vositasi orqali boshqariladigan simsiz kvadrokopter etkazib berdi.
Vang Feng o`rnidan turib, kvadrokopter ichidagi qutiga solingan uzukni sevgilisiga uzatdi va hayratdan barcha mehmonlar baqirib yuborishdi.





