AsosiyJamiyat

Namangan va Samarqandda temiryo`lda yuz bergan baxtsiz hodisada ikki kishi halok bo`ldi

'Namangan va Samarqandda temiryo`lda yuz bergan baxtsiz hodisada ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

2020 yil 10 yanvar kuni soat 12:25 larda Namangan viloyatida 35 yoshli mashinist Sh.Sh. boshqaruvidagi yuk poezdini 20 ta vagoni bilan birga G`uncha shaharchasi hududidan o`tuvchi “Chortoq-Namangan” bekatlari oralig`idagi 96 km. 2-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Piyoda 31 yoshli Z.Ya. 2-guruh nogironi (kar-soqov) bo`lgan.

Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Huddi shu kuni Samarqand viloyatida soat 20:50 larda mashinist R.G. boshqaruvidagi 7-sonli “Moskva-Toshkent” yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezdini “Zarafshon-Jomboy” bekatlari oralig`idagi 3710 km. harakatlantirib ketayotgan vaqtida piyoda 53 yoshli R.B.ni urib yuborgan. Piyoda temir yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tmoqchi bo`lgan.

Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentifuqarolardan temir yo`l yaqinida yo`lni kesib o`tayotganda belginlangan yo`l harakati qoidalariga rioya qilishni so`ragan.

 

    Boshqa yangiliklar