Yosh kitobxon tanlovi g`olibiga “Spark” avtomashinasi berilishi e`lon qilindi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev Yangiobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma`lum qildi.
Viloyat hokimi, hududiy sektorlarning rahbarlari ishtirok etgan tadbirda yoshlarning tashabbus, taklif va muammolari, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarning oldini olish, besh muhim tashabbusning har bir yo`nalishi bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, yoshlar bandligini ta`minlash yuzasidan fikr almashildi.
Viloyat hokimi Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi bo`yicha yoshlar harakatini qo`llab-quvvatlashga to`xtalar ekan, bu yil viloyatda “Yosh kitobxon” tanlovi har galgidan ko`taringki va yuqori saviyada tashkil etilib, g`olibga “Spark” avtomashinasi sovg`a qilinishini ma`lum qildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ko`tarilgan muammolar, kamchiliklarni hal etish, bildirgan taklif va tashabbuslarni o`rnganib amalga oshirish bo`yicha sektor rahbarilariga va tegishli soha mas`ullariga aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida “Yoshlarga 20 imkon” loyihasi bo`yicha ibrat va o`rnak ko`rsatgan tuman yoshlari hamda 2019 yilda yoshlar bilan ishlashda yaqindan hamkorlik qilgan tashkilotlar xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovg`alari topshirildi.
Viloyat hokimining tumanlardagi yoshlar bilan sayyor qabullari davom etayotir.






