AsosiyJinoyat

Toshkentda hamkorlik bahonasida 60 ming dollar olgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

'Toshkentda hamkorlik bahonasida 60 ming dollar olgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi'ning rasmi

9 yanvar kuni Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, 2018 yilning dekabr oyi oxirida 30 yoshli Sardor M. 32 yoshli Doniyor B.ga hamkorlikda tadbirkorlik qilishni taklif qilgan.

60.000 AQSh dollarni olib, Sardor M. o`z va`dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi og`zaki kelishuvlarni shartnoma bilan rasmiylashtirishni tavsiya qildi.

 

    Boshqa yangiliklar