2020 yilning 6 yanvar kuni soat 20:30 larda, Farg`ona viloyati Farg`ona shahrida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mazkur holatda haydovchi Yozyovon tumanida yashovchi, 1962 yilda tug`ilgan M.A. turmush o`rtog`iga tegishli “Neksiya” avtomobilini boshqarayotib, yo`lning belgilanmagan joyidan mast holda kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu yo`lovchi Farg`ona shahrida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan Ch.I. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur baxtsiz hodisa haqida axborot bergan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati barcha fuqarolarni yo`llarda harakatlanayotganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishga chaqiradi.






