Bosh prokuraturada “Energiya tejash texnologiyalari injiniring” XK MChJ bosh direktori P.Qalandarovning murojaati ko`rib chiqildi.
Aniqlanishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2019 yildagi 738-sonli qarorida “Yangiariq don qabul qilish shoxobchasi” bino va inshootlari “Energiya tejash texnologiyalari injiniring” XK MChJga ikki yil muddatda 5 mln. AQSh dollari investisiya kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida ajratilishi belgilangan.
Ushbu qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan kiritilgan bo`lib, agentlik tomonidan qaror loyihasini tayyorlash jarayonida investorning mazkur bino negizida 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi investisiya loyihasini amalga oshirishi haqidagi taklifiga e`tibor qaratilmagan.
O`rganishda, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o`tkazish bo`yicha davlat komissiyasining 30.12.2019 yildagi 1-sonli yig`ilish bayoni (Bosh vazir tomonidan 07.01.2020 yilda tasdiqlangan) bilan kiritiladigan investisiya miqdori 2 mln. AQSh dollari etib belgilanishi ta`minlandi.
O`rganish natijalariga ko`ra P.Qalandarovning murojaati qanoatlantirildi.






