O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shon-sharaf muzeyini rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Moliya vazirligining taklifiga binoan yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Shon-sharaf muzeyini rivojlantirish jamoat fondi tashkil etiladi.
Fond mablag`larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
pullik xizmatlar ko`rsatishdan tushadigan mablag`lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Fondning vaqtincha bo`sh mablag`larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar bo`yicha tushumlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Fond mablag`lari O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma`naviyat va ma`rifat markazida ochiladigan hisob raqamda jamlanadi.
Mablag`lar quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Shon-sharaf muzeyi uchun tarixiy eksponatlar, ashyolar
va kolleksiyalar, urush qatnashchilarining orden-medallari, shaxsiy buyumlari hamda urush davri yodgorliklarini xarid qilish;
Shon-sharaf muzeyi ekspozisiyalarini yaratish;
Shon-sharaf muzeyini joriy va kapital ta`mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashg`ulotlar, treninglar, shuningdek madaniy-ma`rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar o`tkazish.






