Sardor Tojiev “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisining rivojlantirish va marketing bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.
Sardor Tojiev bundan avval “O`zavtosanoat” Strategik rejalashtirish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Xabaringiz bor, 2004 yilda “O`zavtosanoat” Assosasiyasi ishlab chiqarish boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida aksiyadorlik kompaniyaga aylantirilgan. Hozirgi kunda u o`nlab katta va o`rta korxonalar bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Italiya, Germaniya, AQSh kabi xorijiy mamlakatlar kapitali bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalarni birlashtiradi.






