Checheniston rahbari Amerikaning Iroqdagi zarbasi oqibatida Eronning “Quds” maxsus bo`linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy o`ldirilishi yuzasidan munosabat bildirdi.
“AQSh xatti-harakatlari Yaqin Sharqda kutib bo`lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu hech kimni befarq qoldira olmaydi”, - deb yozadi Qodirov o`zining telegram kanalida.
Eronning “Quds” maxsus bo`linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy AQShning Bag`dod xalqaro aeroporti hududidagi aviazarbasi oqibatida payshanbadan jumaga o`tar kechasi o`ldirildi. Sulaymoniyni o`ldirish to`g`risidagi farmonni shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp bergan.
Eron oliy etakchisi Ali Xomanaiy general Sulaymoniy o`limi uchun AQShdan qasos olishga va`da berdi. Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif general o`limini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi. Sulaymoniyning davom ettiruvchisi Ismoil Qa`aniy esa Yaqin Sharq hududida AQSh fuqarolarini o`ldirishga va`da berdi.
Sulaymoniyning o`ldirilishi Bag`dod, Damashq va Anqarada ham qoralandi.
Eslatib o`tamiz, bu voqeaga Eronning Tasnim axborot agentligi ham munosabat bildirgan edi.






