DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasidan noqonuniy tarzda olib o`tilayotgan kontrafakt mahsulotlari qo`lga olindi.
Xususan DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari 2019 yilning 30 dekabr kuni Farg`ona viloyatida umumiy qiymati 430 mln. so`mga teng bo`lgan biologik aktiv qo`shilmalarning yirik partiyasini mamlakatimizga noqonuniy yo`llar bilan kirib kelishining oldini olishdi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha 29 dekabr kuni Farg`ona, Andijon va Namangan viloyati chegaroldi hududlarida 150 mln. so`mga teng bo`lgan pirotexnika vositalarini Davlat chegaralaridan noqonuniy yo`llar bilan olib o`tilishiga chek qo`yilgan. Shu kunning o`zida mamlakatimiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga urinilgan 20 ming AQSh dollari miqdordagi pul mablag`lari ham aniqlangan.
Bundan tashqari Andijon viloyatining chegaraoldi hududida umumiy qiymati 580 million so`mga teng bo`lgan turli xildagi sifati shubhali dori mahsulotlari qo`lga olingan. Hozirda ushbu holatlar bo`yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






