AsosiyJamiyat

IIB jazolansada yuqori lavozimga ko`tarilgan xodim haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

'IIB jazolansada yuqori lavozimga ko`tarilgan xodim haqidagi maqolaga munosabat bildirdi'ning rasmi

 "Qashqadaryo viloyatida YHXB xodimi intizomiy jazo olib yuqori lavozimga o`tkazildi. Bunga sabab korrupsiyami yoki Prezident qarorini bajarmaslik?" sarlavhali maqolani darakchi.uz da ham e`lon qilgan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu maqolaga Qashqadaryo viloyat IIB o`z munosabatini bildirdi.

Maqolada ta`kidlangan Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani IIB Yo`l harakati xavfsizligi bo`linmasi davlat yo`l harakati xizmati inspektori, serjant Ergashev Bahodir Eshqobilovich muqaddam Yakkabog` tumani IIB Yo`l harakati xavfsizligi bo`linmasi ma`muriy huquqbuzarliklar materiallarini ko`rib chiqish bo`yicha inspektori lavozimida xizmat qilgan.  

Serjant B.Ergashev fuqaro M.Muzaffarovga nisbatan 2019 yil 24 may kuni rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnoma yuzasidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 126-moddasi  1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish tarzida ma`muriy jazo qo`llanilishi mumkin bo`lmasada, buyruq talabiga zid ravishda jazo muqarrarligini ta`minlamasdan, fuqaro M.Muzaffarovning haydovchilik guvoxnomasini olib qolib, unga tegishli avtomashinasini jarima maydonchasidan olib chiqib ketishiga ruxsat berib yuborganligi uchun viloyat IIB YHXB boshlig`ining 2019 yil 20 sentyabr kunidagi 26-sonli buyrug`i bilan “Tanbeh” intizomiy jazosi e`lon qilingan.

     O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3413-son qarorida Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan qo`llaniladigan intizomiy ta`sir chorasi “Tanbeh” intizomiy jazosidan boshlanadi.

         Shuningdek serjant B.Ergashev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 19 iyul kunidagi “Ichki ishlar idoralarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 sentyabr kunidagi “O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ichki ishlar idoralari mutaxassislarini tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari  to`g`risida”gi Qaroriga asosan  tashkil etilgan IIV Akademiyasi qoshidagi Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslarini 2009 yilda tamomlab,  YHXB dagi serjantlik lavozimiga tayinlangan, farmon va Qaror talablariga muvofiq ushbu oliy kursni tamomlab, IIB xodimlari safiga qabul qilinganlar  o`z mutaxassisligi bo`yicha serjantlik lavozimlariga tayinlanishi belgilangan.  

       Bundan ko`rinib turibdika, serjant B.Ergashev muqaddam Yakkabog` tumani IIB Yo`l harakati xavfsizligi bo`linmasi ma`muriy huquqbuzarliklar materiallarini ko`rib chiqish bo`yicha inspektori lavozimida xizmat qilgan davrida unga ma`muriy qaror chiqarishga vakolati bo`lgan uni ushbu lavozimdan ozod etib, Yakkabog` tumani IIB Yo`l harakati xavfsizligi bo`linmasi davlat yo`l harakati xizmati inspektori lavozimga tayinlangan. Shu sababli serjant B.Ergashev yuqori lavozimga emas balki teng lavozimga tayinlangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi   PQ-3413-son qarorining 59-bandida  hodimni lavozimdan lavozimga o`tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  •         yuqori lavozimga – xizmat bo`yicha ko`tarilish yoki rag`batlantirish tartibida;
  •         teng lavozimga – o`zining xohishiga ko`ra, sog`lig`ining holati bo`yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), oilaviy sharoitiga ko`ra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish yoki bo`sh lavozimlarni jamlash zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat o`zgarishlari bo`lganida; 

    Boshqa yangiliklar