O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “O`zgidromet” ma`lumotlariga asoslanib, 2015 yil 6 fevraldan 13 fevralgacha O`zbekiston Respublikasining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi borligini ma`lum qildi, deb yozadi kun.uz.
Buning natijasida yo`llarda ko`rinish yomonlashishi, ko`rish chegarasi 50-100 metrgacha qisqarishi, shamolning tezligi esa soniyasiga 20 sekundgacha kuchayishi mumkin.
“O`zgidromet” shuningdek, Qamchiq dovonida harakatlanish qiyinlashishidan ogohlantirdi.
Ma`lumot uchun, Farg`ona vodiysini O`zbekistonning qolgan qismi bilan bog`lovchi Qamchiq dovoni dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikda joylashgan.





