AsosiyJinoyat

"Neksiya 2" olib qochganlikda gumonlanuvchi suratdagi shaxsni ko`rganlar bo`lsa 102 xabar bersin

'"Neksiya 2" olib qochganlikda gumonlanuvchi suratdagi shaxsni ko`rganlar bo`lsa 102 xabar bersin'ning rasmi

2020 yil 3-yanvar kuni soat 19.40 dan 20.30 gacha bo`lgan vaqt ichida “Neksiya-2” avtomobili ishonchnoma asosida boshqargan shaxs tomonidan Shayxontoxur tumani Furqat ko`chasida qoldirilgan va noma`lum shaxs tomonidan olib qochilgan. Avtomobil yo`qolganini ko`rgan haydovchi, hodisa haqida 102 ga ma`lum qildi. Ko`rilgan tezkor choralar natijasida mashina topildi. 

Avtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. U jizzaxlik 22 yoshli Rahmonqulov Elbek Abdusattor o`g`li ekanligi ma`lum bo`ldi.  IIV gumonlanuvchi qaerdaligi haqida biror ma`lumotga ega bo`lganlarni 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 raqami orqali xabar qilishlarini so`ramoqda.

 

    Boshqa yangiliklar