AsosiyJamiyat

Bugun 25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish bo`lib o`tadi

'Bugun 25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish bo`lib o`tadi'ning rasmi

Xabaringiz bor,  2019 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar bo`lib o`tdi. 

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko`ra, bu saylovlarda beshta partiya nomzodlari orasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 125 deputat saylangan, deb topildi. O`z navbatida, 25 deputatlik o`rni uchun takroriy ovoz berish haqida qaror qabul qilindi.

Bugun, 2020 yil 5 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o`tkazuvchi 25 saylov okrugida ana shu jarayon boshlandi.

Unda quyidagi partiyalardan nomzodlar ishtirok etadi:

O`zLiDeP - 15 nafar;

Milliy tiklanish - 11 nafar;

Adolat - 10 nafar;

XDP - 9 nafar;

Ekopartiya - 5 nafar.

Quyidagi manzil orqali takroriy ovoz berishga qolgan nomzodlar bilan tanishishingiz mumkin.

Takroriy ovoz berishda 50% ovoz olish shartmas, kim ko`p ovoz olsa etarli. Ovoz bergan saylovchilar soni ham muhim emas, atigi 1 kishi kelib ovoz bersa ham, takroriy saylov natijasi hisobga olinadi.

Takroriy ovoz berish bo`ladigan 25 ta saylov okruglari ro`yxati:

8-Aqmang`it

9-Andijon

32-Jizzax

33-Do`stlik

35-G`allaorol

36-Paxtakor

37-Sharof Rashidov

44-Sardoba

49-Uychi

56-Registon

57-So`g`diyona

67-Pastdarg`om

76-Sherobod

83-Oltinsoy

87-Angren

89-Bo`ka

102-Yaypan

104-Uchko`prik

106-Bog`dod

117-Urganch

133-Shaxrisabz

134-Yakkabog`

135-G`uzor

148-Ko`kcha

150-Shayxontoxur

    Boshqa yangiliklar