AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Madina Muxtorovaning o`g`lida o`tkazilgan tibbiy ekpertizada aniqlangan holatlarni ma`lum qildi

'Bosh prokuratura Madina Muxtorovaning o`g`lida o`tkazilgan tibbiy ekpertizada aniqlangan holatlarni ma`lum qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko`plab bahs-munozaralarga sabab bo`lgan voyaga etmagan M.A.ning kaltaklanishi holati yuzasidan tergov oldi tekshirish harakatlari o`tkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Tekshirish davomida tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining 04.01.2020 yildagi xulosasiga ko`ra, M.A.ning tanasida aniqlangan jarohatlar – sog`liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jarohatlari turkumiga kirishligi aniqlangan.

Tekshirish yakuniga ko`ra, 04.01.2020 yilda Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Yunusobod tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz,

Toshkentda o`smir akasi va kelinoyisi tomonidan doimiy kaltaklanmoqda. Jabrdiyda mashhur aktrisaning farzandi ekanligi aytilmoqda (video)

 

Aktrisa Madina Muxtorovaning kaltaklangan o`g`li atrofidagi shov-shuvlar: Kimning gapi rost?

 

Madina Muxtorovaning qarindoshi haqiqatni ochib tashladi: kaltaklangan bola yana zulm ostida murojaat qilgan, aktrisa esa izsiz yo`qolgan (video)

    Boshqa yangiliklar