Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi Suxrob Q.ni maktab direktori o`rinbosari ikkinchi qavatdan otib yuborgani haqida videoxabar tarqaldi.
Ushbu holat bo`yicha ayni paytda tekshirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 2019 yil 28 dekabr kuni soat 13-00 larda voyaga etmagan Suxrob Q. tuman tibbiyot birlashmasining qabul bo`limiga yopiq KST, bosh miya chayqalishi, o`ng bilak suyaklarining distal oxiridan yopiq sinib siljishi, chap chakka, chap yonoq va chap ko`z atrofi yumshoq to`qimasining lati kabi tan jaroxatlar bilan kelgan.
Shifokorlar tomonidan bemorga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, kasallik tarixi yuritilib, shifoxonaga yotqizilgan.
2020 yil 3 yanvar kuni voyaga etmagan Suxrob Q.ning otasi Ishtixon tumani IIB boshlig`i nomiga farzandi tan jaroxati olganligi xolati yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish harakatlari olib borilishi ustidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Yaqin orada “darakchi.uz”da bu boradagi aniq ma`lumotlar taqdim etiladi.






