“E`tirof-2014” taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominasiyasi g`olibi bo`lgan Munisa Rizaeva haqida qo`shiq ijro etgan yosh xonanda Shohzamon endi klip tasvirga olish niyatida.
“Munisaxon Rizaeva” nomli mazkur tarona ijtimoiy tarmoqlar, FM radiolari va internet saytlarida keng ommalashdi.
Munisaning o`zi mazkur kompozisiyaga a`lo baho berib, albatta klipda o`zi rol ijro etishi haqida ta`kidlab o`tdi. Eslatib o`tamiz, noan`anaviy yo`nalishda qo`shiqlar ijro etuvchi Shohzamon bundan avval ham “Hindistondan xat oldim” deya xonish qilgan edi.





