Shu yilning 31 yanvar kuni mashxur va hamma uchun sevimli bo`lgan marhum qo`shiqchi Uitni Xyustonning yagona farzandi Bobbi Kristina Braun Rozuell shahridagi kasalxonaga behush holda olib kelingan.
21 yoshli Bobbini o`z uyining yuvinish xonasida turmush o`rtog`i Nik Gordon va uning do`sti Maks Lomaslar bexush holda topishgan. Tez yordam xizmati chaqirilgach, ular vaqtni boy bermaslik uchun barcha kerakli muolajalarni qilishgan, biroq uni o`ziga keltirishning iloji bo`lmagan. Bobbining qon tahlillarida narkotik moddalar aniqlanmagan. Ko`rsatilgan birinchi yordamdan so`ng ham o`ziga kelmagan Bobbini sun`iy koma xolatiga o`tkazishdi. Bugungacha ham Bobbi o`ziga kelganicha yo`q.
Tahminlarga ko`ra, uning miya faoliyatida o`zgarish yuz bergan bo`lishi ham mumkin. Chunki u inson sezishi mumkin bo`lgan tashqi omillarni sezmayapti. Chet el ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma`lumotlarga qaraganda, Bobbining ahvoli jiddiy va u sun`iy koma holatidan chiqmasligi ham mumkin.
Shuningdek, shifokorlar yaqin kunlarda uni sun`iy koma holatidan chiqarishlari, ya`ni apparatni o`chirish ehtimoli ham borligini xabar qilgan. Voqealar rivojini kuzatamiz.





