Xabaringiz bor shu yilning 30 yanvar sanasida mashxur qo`shiqchi Shakira va mashxurlikda undan qolishmaydigan futbolchi Jerar Pikelar ikkinchi bor ota-ona bo`lish baxtiga muyassar bo`lishdi. Bugun, 6 fevral kuni ular ana shu ikkinchi o`g`illari Sashaning suratini mahsus hayriya saytlariga joylashtirishdi.
Suratlarni ko`rish barobarida muxlislar, ko`ngilli kishilar mahsus hisob raqamiga pul o`tkazishlari mumkin bo`ladi. Albatta, bu pullar Sasha uchun biror narsa xarid qilish uchun emas, balki ota-onasi bo`lmagan, kam ta`minlagan oila bolalari uchun sarf etiladi.
Aytish lozimki, Sasha tug`ilishidan avval aynan uning sharafiga Shakira va Pike ana shunday mahsus hayriya saytini ishga tushirishgandi. Aslida bu jarayon ikkinchi bor amalga oshirilayotganini ham e`tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Birinchi bosqich ularning to`ng`ich o`g`illari Milan tug`ilganda boshlangandi.





