AsosiyJamiyat

Yanvarning ilk kunlarida ob-havo qanday bo`ladi?

'Yanvarning ilk kunlarida ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

Yangi 2020 yilni yurtimiz aholisi, afsuski, qorsiz kutib oldi... O`zgidromet xabar qilishicha,  yilning ilk oyi, ilk sanalari ma`lum antisiklon ta`siri natijasida nisbatan iliq ob-havo hukmron bo`ldi. Ya`ni harorat kechasi manfiy ko`rsatkichlargacha pasayib, 0-5 daraja iliqni, ayrim joylarda 2 daraja sovuqni tashkil qildi. Yangi yilning birinchi va ikkinchi kuni mintaqamizga xos bo`lgan quyoshli, yog`insiz ob-havo bilan kechdi. Kunduzi esa havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko`tariladi.

Turkmaniston hududidan nam havo oqimi chiqishi sababli respublikamizning janubiy hududlarida ertaga – 3 yanvarda bulutlar biroz ko`payishi, ayrim joylarda kuchsiz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida bo`ladi.

4 yanvarda esa ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda. Harorat foni saqlanib turadi va har doimgi me`yorga yaqin bo`ladi.

Boshqa yangiliklar