AsosiyJamiyat

Qo`qonda O`zbekiston Respublikasining ulkan bayrog`i o`rnatildi

'Qo`qonda O`zbekiston Respublikasining ulkan bayrog`i o`rnatildi'ning rasmi

Qo`qon shahrida respublikamizning ulkan bayrog`i o`rnatilgan yangi Mustaqillik Xiyoboni ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Yangi yil ayyomlariga to`g`ri kelgan tantanali tadbir xalq sayliga aylandi.

Tadbir tashkilotchilari — Qo`qon shahar hokimligi, Qo`qon shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Yoshlar ittifoqining Qo`qon shahar kengashi va boshqalar shaharga haqiqiy bayram kayfiyatini olib kirish uchun o`z hissalarini qo`shdilar. Uch kun davom etadigan tantanalar doirasida yangi Mustaqillik Xiyobonida Qo`qon aholisi va mehmonlari uchun yangi yil tomoshalari tashkil etildi.

Bayram tadbiri doirasida tantanali ravishda shahardagi bir qator umumta`lim maktablarining yangilangan sport maydonchalari ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad yosh avlodni sport va sog`lom turmush tarziga jalb etishdir. Ijtimoiy loyihaning tashabbuskori — O`zbekiston Triatlon Federasiyasi.

Bir necha umumta`lim maktablarida ochiq sport maydonchalari tashkil etildi, u erda o`quvchilar darslardan tashqari bo`sh vaqtlarida sog`likka foydali sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanishlari uchun sharoit yaratildi. Yaqin vaqtda shahardagi yana 10 ta maktab zamonaviy yugurish yo`laklari, basketbol, voleybol va boshqa turdagi sport maydonchalari bilan jihozlanadi. Bunday maydonlarga qo`shimcha ravishda, turli xil jismoniy mashqlarni bajarish uchun zamonaviy trenajyorlar bilan jihozlangan maydonlar tashkil etiladi. Shu turdagi sport maydonchalarini barcha viloyatlarda ochish rejalashtirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar