AsosiyJamiyat

TIV: Qozog`istonda yuz bergan YTHda jarohatlanganlar va vafot etganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan

'TIV: Qozog`istonda yuz bergan YTHda jarohatlanganlar va vafot etganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan'ning rasmi

O`zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog`iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 29 dekabr kuni Aqtobe-Martuk-Orenburg avtomobil trassasining 31-kilomerida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston fuqarolari vafot etgani va jarohatlangani to`g`risida OAVda tarqalgan xabarni rad qiladi.

Bosh konsulxonaga Qozog`istonning rasmiy organlari tasdiqlashicha jarohatlanganlar va vafot etganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti fojeali halokat munosbati bilan ta`ziya izhor etadi hamda Qozog`istonning Aqto`be, Atirau, Mang`istau va G`arbiy Qozog`iston viloyatlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar