AsosiyJamiyat

Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati takomillashadi

'Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati takomillashadi'ning rasmi

“Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi. 

Qaror bilan 2020-2022 yillarda Respublika bolalar kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish dasturi hamda uni amalga oshirish bo`yicha kuzatuv kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.

2021 yil 1 mayga qadar Respublika bolalar kutubxonasi joylashgan bino rekonstruksiya qilinadi.

Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, kutubxonada, jumladan: 

*umumta`lim muassasalarining o`quvchilari uchun multimedia ta`lim laboratoriyasi tashkil etiladi;

*bolalar ta`lim “co-working” platformasi va badiiy studiya tashkil etiladi;

*tashrif buyuruvchilarga xizmatlarni inklyuziv ko`rsatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;

* nodir kitob nashrlarini saqlash uchun kutubxona arxivi faoliyati yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar