Rossiya Mudofaa Vaziri Sergey Shoygu 27-dekabrda Prezident Vladimir Putinga mamlakatning birinchi Avangard gipersonik raketalari ishga tushirilganini aytdi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
«Avangard gipersonikli moslamasi bilan jihozlangan birinchi raketa 27-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 10. 00 da ishga tushirildi», – deya xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi. Rossiya rasmiylarining ta`kidlashicha, raketa 33 ming kilometr soat tezlikka ega.
Putin ushbu yangi qurolning suratlarini 2018-yilda e`lon qilgan va u dunyoda mavjud bo`lgan raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining barchasini mag`lub eta olishini aytgandi.
Putin Bu hafta Rossiya endilikda qurollarni rivojlantirishda G`arb bilan poyga o`ynamayotganini aytdi. «Bu bizning zamonaviy tariximizdagi noyob holat: Biz ular bilan emas, balki ular biz bilan qurolanish bo`yicha quvlashmachoq o`ynashmoqda» dedi Vladimir Vladimirovich.






