AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: "Ayollar bor joyda korrupsiya kamroq, xalq bilan muloqot ko`proq bo`ladi"

'Shavkat Mirziyoev: "Ayollar bor joyda korrupsiya kamroq, xalq bilan muloqot ko`proq bo`ladi"'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev eksperiment tariqasida Toshkent shahridagi tumanlardan biriga ayol kishini hokim qilib qo`yishni taklif qildi. «Qaerda ayol kishi rahbar bo`lsa, shu erda korrupsiya kamroq, xalq bilan muloqot ko`proq bo`ladi» deb fikr bildirdi Prezident.

Bu mavzudagi muloqot Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan uchrashuv chog`ida bo`lib o`tdi, deb xabar beradi Gazeta.uz. 

Xususan Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevga poytaxt tumanlaridan biriga ayol kishini hokim qilib tayinlashni taklif qilgan. 

Davlatimiz rahbari ushbu tashabbusni Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar kengashi vakili Durdona Rahimovaning chiqishidan keyin ilgari surdi.  D.Rahimova o`z nutqida Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ayollarning ta`lim olishi uchun 20 foizli maqsadli kvotani belgilash haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Uning so`ziga ko`ra hozirda bu akademiyada bor yo`g`i 2-3 nafar ayol o`qimoqda.

Shavkat Mirziyoev akademiyada ta`lim olish uchun ayollarga 20 foizlik emas, 30 foizlik kvota ajratishga ham tayyor ekanligini aytdi. 

"Negaki ayollar bor joyda poraxo`rlik kamroq, xalq dardini tinglash ko`proq bo`ladi", deya ta`kidladi Prezident.

Boshqa yangiliklar