AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz" xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha savodxonligini oshirmoqda

'"O`zbekneftgaz" xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha savodxonligini oshirmoqda'ning rasmi

2019 yil 26 dekabr kuni "O`zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatida "Neft va gaz sohasida muvofiqlik nazoratini joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi kurash, shuningdek huquqiy madaniyatni oshirish" mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

Seminarda "O`zbekneftgaz" AJ departamentlarining mas`ul xodimlari, shuningdek hududiy neft va gaz qazib olish va qayta ishlash korxonalari, neft omborlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirni jamiyatning yuridik departamenti boshlig`i A.Abdurahimov ochib berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PF-5729-sonli farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida "O`zbekneftgaz" AJ va uning tarkibiy bo`linmalari faoliyatida shafofflikni yanada oshirish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti tashkil etilgan. Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun jamiyat tomonidan bir qator hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilingan.

Seminar ishtirokchilariga Korrupsiyaga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan ushbu normativ-huquqiy hujjatlar va muvofiqlikni nazorat qilish tizimini joriy etish bilan bog`liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, seminar doirasida huquqiy ekspertiza boshqarmasi boshlig`i Z. Muhidova qabul qilingan huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi "Konstitusiya va qonunning ustunligini ta`minlash, ushbu yo`nalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" qonun hamda yangi tahrirdagi "O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida"gi Qonun yuzasidan tushuntirishlar berdi.

 

    Boshqa yangiliklar