Bugun Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi binosida soha mutasaddilari va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda qo`mita raisi Abdushukur Abdullaev so`zga chiqib, sohadagi bo`lgan kamchiliklar va xozirgi sharoitlarni solishtirib o`tdi. Uning aytishicha:
- Sobiq Sovet Ittifoqidan keyin kadastr sohasida bir qator quyidagi kamchiliklar yuzaga keldi:
1. Soha mutaxassislari "dinozavrdek" yo`q bo`lib ketdi. Hattoki, bitta tumanda bir nafar mutaxassis faoliyat ham yuritdi. Xozirda sohada qo`shimcha 1034 ta kadrlar shtati ochilgan va ular faoliyat yuritmoqdalar.
2. Er ajratishda shaffoflik ta`minlanmganligi bois, turli korrupsion harakatlar yuzaga kelardi. Xozirda esa, er ajratish masalalari elektron auksion orqali shaffof tarzda amalga oshirilmoqda.
3. Kadastr tizimini tartibga soluvchi huquqiy normalar ishlab chiqilgan bo`lsada, uning ijrosi ta`minlanmagan edi.
4. Fuqarolar o`z huquqlarini bilmasdan, o`zlari qilayotgan ishlarining qonuniy yoki qonunga zidligini bilmasdan, joylarda turli bino va inshootlar qurib tashlashgan. Hozirda mana shunday erlar xatlovdan o`tkazilib, noqonuniy egallab olingan erlar bo`yicha choralar ko`rilmoqda. Jumladan, o`tkazilgan monitoringlar natijasida 4596 ta aniqlangan er qonun buzilish holatlarining 384 tasi bartaraf etilgan. Qolgan qonunbuzarlik holatlari bo`yicha ham prokuratura organlariga taqdimnomalar kiritilgan.
Ilgari er uchastkasi bo`yicha alohida qadastr hujjati, bino inshooti bo`yicha alohida kadastr hujjati va ro`yxatdan o`tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma alohida hujjat sifatida rasmiylashtirilar edi. Kadastr hujjati 2 oyda, agar zavod hududi bo`lsa, 4 oy muddatda rasman sharnoma tuzilgan holda amalga oshirilar edi va ko`chmas mulkning egasi o`zgarganda ham har safar kadastr hujjati qayta rasmiylashtirilar edi. Xozirgi kunda ko`chmas mulk ob`ekti bo`yicha kadastr yig`majildi shakllantiriladi va uning natijasi bo`yicha mulkdorga kadastr pasporti taqdim etiladi. Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqni davlat ro`yxatidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma berish bekor qilingan bo`lib, xozirda davlat reestridan ko`chirma taqdim etilmoqda. Bugungi kunda kadastr passportini shakllantirish uy-joylar bo`yicha 3 kundan 10 kungvcha bo`lgan muddatda, ko`chmas mulkka bo`lgan huquqni ro`yxatdan o`tkazish esa 2 ish kunida amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, 2020 yil 1 martdan boshlab, respublikamizning ba`zi viloyatlarida yangi namunadagi plastik kartochka ko`rinishidagi kadastr pasportlari berilishi boshlanishi haqida xabar bergan edik.






