Bosh prokuratura sal avval Toshkent shahar Bektemir tumani 105-saylov uchastkasidagi holat tekshirilayotgani haqida xabar bergandi. Ayni paytda aniqlangan qonun buzilishlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, 2019 yil 22 dekabr kuni Bektemir tumanidagi 105-sonli saylov uchastkasi komissiya a`zolari saylov vaqtida kuzatuvchilarning xonadan chiqib ketganligidan foydalanib, saylov qutisiga bir nechta saylov byulletenlarini tashlashgan hamda ovozlarni sanab chiqish natijalari to`g`risidagi bayonnomada komissiya a`zosi hisoblangan R.Mahkamovning imzosini soxtalashtirishgan. Bu orqali O`zbekiston Respublikasining saylov to`g`risidagi qonun talablari buzilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 146-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






