AsosiyJamiyat

Berlinda o`zbekistonda etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari namoyish etilmoqda

Berlin shahridagi “Messe Berlin” ko`rgazmalar majmuasida “Fruit Logistica – 2015” an`anaviy xalqaro yarmarkasi boshlandi va u 7 fevralga qadar davom etadi, deb xabar berada uz24.uz O`zA ma`lumotlari asosida.

Yarmarkada Er yuzining barcha mintaqalaridan keltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining keng assortimenti namoyish etiladi va unda 80 dan ortiq mamlakat ishlab chiqaruvchilari qatorida O`zbekiston vakillari ham qatnashmoqda.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko`ra, mamlakatimizda ilg`or texnologiyalar asosida etishtirilayotgan olmani zamonaviy sovutgichli omborda saqlab eksport qilinsa, bir gektar maydondan o`rtacha 50 ming dollar miqdorida daromad olish mumkin. Ayni vaqtda O`zbekistonda etishtirilayotgan olma, anor, uzum, o`rik, xurmo, olxo`ri va qovun-tarvuz dunyo bozorlariga kirib bormoqda. Misol uchun, gilos, qovun Belgiya, Norvegiya, Boltiqbo`yi davlatlari bozoridan mustahkam o`rin egallamoqda.

    Boshqa yangiliklar