AsosiyJamiyat

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tamaki qutilari ustida paydo bo`ladigan eskizlar tasdiqlandi

'Vazirlar Mahkamasi tomonidan tamaki qutilari ustida paydo bo`ladigan eskizlar tasdiqlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi tamaki qutilari ustida paydo bo`ladigan eskizlarni tasdiqladi. Ushbu tasvirlar qutilarda yaqin 12 oy ichida paydo bo`lishi shart. 
11 noyabr kuni SSV Tamaki mahsulotlari to`g`risidagi umumiy texnik reglamentga to`ldirish kiritilishini taklif etgandi. Endi tamaki mahsulotlari qutilarining har ikki tomonida tibbiy ogohlantirish eskizlari tasvirlanadi. Matnli rasm va fotosurat ko`rinishidagi ushbu tasvir besh yilda kamida bir marta yangilanishi kerak.

Rasmlar ikki tilda qutining har ikki tomonga joylashtiriladi. Ogohlantirish haqidagi eskizlarning o`lchamlari 300 dpi(dyuymdagi nuqtalar) bo`lishi kerak. 

    Boshqa yangiliklar