Yurtimizga turli yashirin va noqonuniy yo`llar orqali zahri qotil – giyohvandlik vositalarini olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan yuk poezdi vagonlari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
“Karat” laqabli xizmat iti yordamida o`tkazilgan tekshiruv davomida, poezdning bo`sh vagonlaridan birida og`irligi 1112,57 grammni tashkil etuvchi “opiy” giyohvandlik vositasiyashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






